"Mashal": Igor Timonyuk bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
24 fev 2017, 17:26
Shu kunlarda mashg'ulotlarni yakunlab qisqa tatilga chiqqan "Mashal" o'z safini yana bir legioner futbolchi bilan boyitdi.

Jamoaning yangi vakili 1994 yilda tavallud topgan  Belorussiyalik himoyachi  Igor Timonyuk “Mashal” jamoasi bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Igor Timonyuk faoliyati  davomida 2011 dan 2013 yilga qadar  Belorussiya chempionatining “Dinamo Brest” yoshlar jamoasida o'ynagan.

Shuningdek 19 yoshida “Dinamo Brest” jamoasi bilan Belorussiya Oliy ligasida o'zining debyut uchrashuvini o'tkazgan. Timonyuk 2016 yilgacha ushbu klub  sharafini  himoya qilgan.

22 yoshlik futbolchi Belorussiya o'smirlar, yoshlar va, Olimpiya terma jamoalarida ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushgan. Demak yangi mavsumda jamoamiz sharifini endi, Belorussiyalik futbolchi ham himoya qiladi. Biz esa yangi vakilimizga omad tilaymiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif