"Mashal": Fayziev milliy terma jamoaga, to'rt futbolchimiz yoshlar termasiga jalb etildi

Narzulla Saydullayev
12 avg 2014, 12:27
O'zbekiston Milliy terma jamoasi Avstraliyada bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi-2015 ga tayyorgarlikni davom ettiradi.
Bosh jamoamizning navbatdagi yig'ini Ozarbayjonda tashkil etiladi. Ushbu yig'inga klubimiz sardori Sherzod Fayziev ham jalb etildi. Himoyachimiz 16 avgust kuni Toshkentga jo'nab ketadi. Toshkentdan 18 avgust kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahriga yetib borib, 20 avgust kuni Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Mirjalol Qosimov jamoasi 21 avgustda ortga qaytadi.

Undan tashqari 12-21 avgust kunlari Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Turkiyada yig'in o'tkazadi. Ushbu yig'inga "Mashal" klubidan to'rt futbolchi jalb etildi. 1995 yilda va undan keyin tug'ilgan yoshlardan iborat jamoa ushbu yilda Myanmada Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
 
Yig'ilga jalb etilgan "mashalchilar":

1. Sherzod Abduraimov (darvozabon)
2. Otabek Shukurov (yarim himoyachi)
3. Eldor Shomurodov (hujumchi)
4. Asliddin Abdiev (hujumchi)

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz