"Mashal": "Buxoro"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik boshlandi

Narzulla Saydullayev
20 sen 2015, 14:30
"Mashal" 18 centyabr kuni "So'g'diyona"ga qarshi uchrashuvni o'tkazdi.

Kecha dam olish kuni bo'lganligi bois futbolchilarimiz bugundan boshlab Muborakda navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlikni boshladi. 25 centyabr kuni "Buxoro"ga qarshi o'yinga jamoamiz a'zolari jiddiy tayyorgarlik olib bormoqda. Ahamiyati jihatidan boshqa uchrashuvlarga qaraganda muhim bo'lgan bahs oldidan jamoamiz safi yo'qotishlar yo'q.

Bir necha yillar birga faoliyat olib borgan Aleksandr Xomyakov va Jamshid Saidov jamoalari navbatdagi turda to'qnash kelishadi. O'yin Buxoroda 25 sentyabr kuni bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz