"Mashal" bugun Yangierda yig'iladi. Tarkibga Nizom Norov kelib qo'shildi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2013
Muborakning "Mashal" jamoasi bugun yig'inni boshlaydi.
Jamoa a'zolari kecha Toshkentda tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Jamoani hozircha birgina Rustam A'zamov tark etgan.

Yaqinda "gazchilar" bilan kelishuvga erishgan Mo'ydin Mamazulumov ham klub ixtiyoriga yetib kelgan. Shuningdek yangi kelganlardan Nizom Norovni aytish mumkin. Bu yilgi mavsumda birinchi liga vakili "Chust-Paxtakor"da to'purarlik mahoratini namoyish etgan xujumchi keyingi yil katta extimol bilan "Mashal" sharafini ximoya qiladi.

Bundan tashqari "So'g'diyona"dan Siroj Hamroevning ham kelishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia