“Mashal” bazi futbolchilarga javob berdi

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2014, 11:47
Yangi mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini Yangiyerda olib borgan “Mashal” futbolchilari ayni paytda qisqa muddatli tatilga chiqishgan.
 Jamoa a'zolari 22 yanvardan yana mashg'ulotlarni davom ettirishadi.

Tarkibdagi o'zgarishlarga to'xtaladigan bo'lsak, jamoa safida bir necha yildan buyon o'ynab kelayotgan Akbar Hotamovga javob berildi. Bundan tashqari, yarim himoyachi Eldor Ergashev ham o'ziga yangi jamoa topishi mumkin.

Ko'rikda qatnashganlardan Ravshan Mehmonov, Anvar Rahimov, Allayor Reimov kabi o'yinchilar “Mashal”da qolmaydigan bo'lishdi.

Andijonlik G'iyos Komilov esa joriy mavsumni “Mashal”da boshlaydigan bo'ldi. Shuningdek, o'tgan mavsumni “Olmaliq” va “Qizilqum” jamoalarida o'tkazgan Isroil Ergashev ham “gazchilar”ning navbatdagi yig'iniga qo'shilishi kutilmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcmashal.uz