"Mashal" Babayan va MTJni qo'llab-quvvatlaydi

25 iyun 2015, 15:41
O'zbekiston Milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Samvel Babayan barcha klublar birgalikda Milliy terma jamoa yo'lida birlashishini aytib o'tgan edi.
Muborakning "Mashal" klubi Babayan va MTJni qo'llab-quvvatlashini bildirgan holda terma jamoaga omad tiladi.

"O'zbekiston MTJning yangi bosh murabbiyi Samvel Babayanga jamoadagi faoliyatida omad tilaymiz va doimgidek bosh jamoamizni qo'llab-quvvatlaymiz!
Ishonamizki , Babayan boshchiligidagi Milliy terma jamoamiz 2018 yili Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga yo'l oladi" , - deyiladi klub rasmiy tvittyerdagi sahifasida.

Manba: championat.asia