Martino: “Messi golsiz ham jamoada ma'lum bir vazifani bajaradi”

27 yanv 2014, 10:24
“Barselona” klubi bosh murabbiyi Xerardo Martino Ispaniya chempionatining 21-turidan o'rin olgan “Malaga”ga qarshi o'yinni izohlab o'tdi, deb xabar beradi ispan OAV.

Kataloniyaliklar raqiblarini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan.

“Futbolchilarimiz professional o'yinchilarga xos o'yin namoyish eta olishdi, bu esa bizning asosiy maqsadimiz. Ular jamoada prezidentning o'zgarishidan ko'ra kattaroq muammolarga ham duch kelishgan. Ular maydonda o'z so'zlarini aytishni yaxshi bilishadi. O'yinga keladigan bo'lsak, biz ko'plab vaziyatlar yaratdik va maydonda boshqaruvni o'z qo'limizga oldik. Lionel Messi gol ura olmagan bo'lsada u har doim jamoada ma'lum bir vazifani bajaradi”, - deydi aregntinalik mutaxassis.


Manba: championat.com