

Sky Sports nashri xabariga ko'ra, Milanning "Inter" klubi hujumchisi Lautaro Martines Angliya klublari qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" klublari 22 yoshli argentinalik futbolchi uchun da'vogarlar safiga qo'shilishdi. "Neradzurrilar" forvardi mazkur klublar uchun 90 million evroga tushishi mumkin. Shu kungacha Lautaro uchun asosiy da'vogar sifatida Kataloniyaning "Barselona" klubi namoyon bo'layotgandi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik hujumchi davom etayotgan mavsumda A Seriyaning 12 uchrashuvida o'z hisobiga 5 gol va 4 ta samarali uzatmani yozdirib qo'ydi.



