Martines: "Evro-2020ni yutishga harakat qilamiz"

Alisher
3 fev 2020
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines bo'lajak Yevropa chempionati haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, belgiyaliklar guruh bosqichida Daniya, Finlyandiya va Rossiya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

"Biz 2018 yilgi Jahon chempionatida maqsadni yuqori qo'ygan edik, bundan buyog'iga ham shunday davom etamiz. Maqsad Evro-2020ni yutishmi? Har qanday holatda biz buni uddalashga harakat qilamiz", - deydi Martines.

Eslatib o'tamiz, Roberto Martines 2016 yildan buyon Belgiya terma jamoasini boshqarib keladi.


AlisherMuallif
Manba: Telefoot