Martines: "Bizda yangi g'oya bor". Lukaku va Azar Belgiya terma jamoasiga chaqirilmadi

Alisher
17 mar 2022, 11:01
Belgiya terma jamoasi martda bo'lib o'tadigan o'rtoqlik o'yinlari uchun Romelu Lukaku va Eden Azar kabi yetakchilarni chaqirmadi.

Murabbiylar shtabi hozirda bu ikki futbolchini tarkibda o'ynatishga ehtiyoj yo'q degan qarorga keldi. Roberto Martines terma jamoada 50dan ortiq o'yin o'tkazmagan futbolchilarni ko'rmoqchi.

"Hech qanday istisnolar yo'q. Muammo yaratmoqchi emasman. Murabbiylar shtabida yangi g'oya paydo bo'ldi. Biz termada 50tadan ortiq o'yin o'tkazgan futbolchilarni chaqirmadik", - deydi ispan mutaxassisis.

Murabbiylar shtabi Irlandiya va Burkina-Fasoga qarshi o'yinlarda turli xil tajribalar va yosh futbolchilarning o'yinini ko'rmoqchi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: besoccer.com