Martines: “Belgiya uchun saralashni 1-o'rinda tugatish juda muhim”

10 sen 2019, 07:59
Belgiya terma jamoasi ustozi Shotlandiya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bu juda ham muhim o'yin edi. Biz deyarli Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Ammo bu hali hammasi tugadi degani emas. Belgiya uchun saralashni birinchi o'rinda yakunlash juda muhim. Yetakchilikni saqlab qolish kerak. O'yinga kelsak, u juda yaxshi o'tdi. Sifat va mehnatkashlik ko'rinib turdi. Har bir golimiz yoqdi. Himoyachilarimiz gol urgani ham zo'r bo'ldi”,-deydi Martines.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com