Martines: "Anri buyuk murabbiy bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
13 okt 2018
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines uning yordamchisi Terri Anri milliy jamoadan kyetishi haqidagi yangilikka izoh berdi.

Oldinroq, Anri 13 oktyabr kuni terma jamoani tark etishi va 15 oktyabrda "Monako" ustozi sifatida tanishtirilishi e'lon qilingan edi.

"Anri ketadi? OAV bu haqida mendan yaxshi biladi. Bu ma'lumotni tasdiqlay olmayman, ammo Anri bir kun kelib bizni tark etishini tushunib turibman. Bu shanbada, bir haftadan keyin yoki yarim yildan keyin bo'lishiga tayyor turishimiz kerak. Terri o'z tajribasini baham ko'rdi va kyetishga qaror qilsa, uni qo'llab-quvvatlaymiz.

Anri buyuk murabbiy bo'lishi mumkin. Yo'q, mumkin emas, aniq" - deydi Martines.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP