
O'shanda futbolchi "Chelsi" sharafini himoya qilardi. Terri oilasi bilan toqqa chiqib ketganida, o'g'rilar ularning uyiga kirib, qimmatbaho buyumlarni olib chiqib ketishgan. To'rt oydan so'ng jinoyatchilar nimalarni olib ketgani ma'lum bo'ldi.
O'g'rilar uydan 219 ming funtlik Cartier zargarlik buyumlari, 61 ming funtlik uzuk, 18 ming evrolik Garri Potterning birinchi nashri, bir necha juft dizaynerlik soat va sumkalarini olib o'marib ketishgan ekan. Umumiy yo'qotish - 400 ming funt.
Yaqin vaqt ichida sud videokameralar yordamida qo'lga tushirilgan 5 nafar o'g'riga nisbatan qaror chiqaradi.