

Futbolchining jamoa bilan shartnomasi 2019 yilga qadar mo'ljallangan. Kelishuvda shartnomani uzaytirish bandi ham bor.
Dekabrda futbolchining agenti MYU rahbariyati bilan uchrashgan. Hozircha muzokaralar borasidagi aniq tafsilotlar ma'lum emas.
Futbolchi o'ziga bo'layotgan munosabatdan hayron. U MYUdan ko'proq narsani kutmoqda. Aleksis Sanches klubga o'tganidan keyin fransiyalik futbolchining klub bilan muzokaralari to'xtab qolgan.
22 yoshli futbolchini "Tottenxem", "Real" va "Inter" kabi jamoalar o'z tarkibiga qo'shib olishga tayyor turibdi.



