Marsyal va Lingard "Liverpul"ga qarshi bahsgacha safga qaytishi mumkin

Aslanov Jasurbek
18 fev 2019, 13:24
"Manchester Yunayted" "Liverpul"ga qarshi bo'ladigan Angliya Premer-ligasining 27-tur o'yinida optimal tarkibni maydonga tushirishi mumkin.

Yarim himoyachi Jessi Lingard va Antoni Marsyal PSJga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final ilk uchrashuvida (0:2) jarohat olgan edi. Bahsdan keyin bu ikki futbolchi 2-3 hafta maydonga tusha olmasligi va "Liverpul" bilan o'yinni o'tkazib yuborishi aytildi.

Ammo, ma'lumotlarga ko'ra, Lingard va Marsyal mersisaydliklarga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin. Futbolchilarning davolanishi rejadagidan tezroq davom etyapti va ular hafta oxirigacha oyoqqa turishlari kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror