Marsyal Ispaniyaga yo'l olishi mumkin

Tolibjon Qosimov
26 dek 2016, 21:30
"Manchester Yunayted" futbolchisi Antoni Marsyal "Sevilya" qiziqishlari doirasida.


"Qizil iblislar" safida kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotgan 21 yoshli fransiyalik futbolchi "Sevilya" safiga borib qo'shilishi mumkin. Ispaniyaliklar hujumchini mavsum oxirigacha ijaraga olmoqchilar.

Avvalroq, unga "Vest Xem" tomonidan qiziqish bildirilayotgandi. Biroq, MYU rahbariyati futbolchi sotilmasligini ma'lum qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Rmcsport.bfmtv.com