Marselo: "Tanqidchilarning og'zini yopish haqida o'ylamayapmiz"

Aslanov Jasurbek
22 noya 2017, 13:04
"Real" himoyachisi Marseloning fikricha, jamoa to'g'ri yo'lda.

Braziliyalik futbolchi bu haqda APOELga qarshi Chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvidan (6:0) so'ng aytdi.

"Tanqidchilarning og'zini yopish haqida o'ylamayapmiz. Kimdir yillar davomidagi ishimizni barbod qilishga urinayotganini bilamiz. Muxlislar "Real" o'yinidan rohat olishiga harakat qilamiz. Odamlar istayotganidan bir bosh ustun bo'lishimiz kerak" - deydi Marselo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bernabeu Digital