Marselo matras tufayli jarohat olgan bo'lishi mumkin
Aslanov Jasurbek
28 iyun 2018, 15:26
Braziliya terma jamoasi himoyachisi Marselo Serbiyaga qarshi JCH-2018 guruh bosqichining 3-tur uchrashuvidan (2:0) oldin belidan jarohat oldi.
"Marseloning jarohatiga sabab biz to'xtagan Moskvadagi mehmonxona matrasi bo'lishi mumkin. Voqealar rivoji haqida gapirishga hali erta. Aniq diagnoz qo'yish uchun 24 soat kutish kerak" - deydi Braziliya terma jamoasi shifokori Rodrigo Lasmar.