Marselo "Las-Palmas"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
23 sen 2016, 15:46
"Real" himoyachisi Marselo "Vilyarreal"ga qarshi La Liganing 5-tur uchrashuvida jarohat oldi.

Shikastlanish tufayli Marselo oltinchi turda "Las-Palmas"ga qarshi bahsda o'z jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, shifokorlar braziliyalikda mushak cho'zilishini aniqlashgan. Hozircha Marselo safga qaytishi uchun qancha vaqt kerakligi noma'lum.

Taxminlarga ko'ra, himoyachi 2 hafta maydonga tusha olmaydi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com