Fransiyaning "Marsel" klubi sobiq bosh murabbiyi Marselo Belsa faoliyatini "Lacio"da davom ettiradi.
Bu haqda "lazionews.eu" xabar bermoqda. Dushanba kuni rimliklar 60 yoshli argentinalikni klub bosh murabbiyi sifatida e'lon qilishlari lozim. Belsa "Espanol", "Atletik", shuningdek Argentina va Chili terma jamoalaridagi faoliyati orqali mashxur.