"Marsel"dagilar Ronaldu to'g'risidagi mish-mishlarga javob berishdi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2022
"Marsel" prezidenti Pablo Longoriya "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning ehtimoliy transferi haqidagi gap-so'zlar haqida gapirdi.

Uning so'zlariga ko'ra, ijtimoiy tarmoqlar olami soxta yangiliklarga to'la.

"Biz realist bo'lishni istaymiz – Ronaldu bilan kelishuvga erishib bo'lmaydi. Bu De Bryuyne yoki Holand "Marsel"ning nishoni ekanligini aytishga o'xshaydi.

Hozir biz real loyihamizga e'tibor qaratishimiz kerak", – dedi Longoriya.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Brief