

9 fevral kuni Fransiya Kubogi 1/8 finalining so'nggi o'yini bo'lib o'tdi, unda "Lans" "Loryan"ni mag'lub etdi (1:1, penaltilar bo'yicha – 4:2).
Shu tariqa, "Lans" keyingi bosqichda "Nant" bilan o'ynaydi. PSJni turnirdan chiqarib yuborgan "Marsel" Ikkinchi liga klubi "Ansi" bilan yarim finalga chiqish uchun kurash olib boradi, "Lion" "Grenobl"ni qabul qiladi, "Tuluza" esa "Rodeza"ni sinovdan o'tkazadi.
Uchrashuvlar 28 fevral va 1 mart kunlari bo'lib o'tadi.



