“Marsel” sobiq prezidenti koronavirusdan vafot etdi

Pape Diuf hayot bilan vidolashdi

“Marsel” klubi jamoa sobiq pezidenti Pape Diuf koronavirusdan vafot etganini e'lon qildi. U 68 yoshda edi. Ma'lum bo'lishicha, Diufga koronavirus tashxisi qo'yilib, shifoxonaga yotqizilgan. Ammo shifokorlar uni saqlab qola olmagan. U “Marsel”ni 2005-2009 yillarda boshqargan. Uning qo'l ostida klub Fransiya chempionatining 2 bora kumush medaliga ega chiqqan. Hamda mamlakat kuboki finaliga 2 marta yo'l olgan.


Manba: “Марсель” расмий сайти