"Marsel" Milikni o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
2 yanv 2020
"Marsel" "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milik bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

O'yinchiga Fransiya klubi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash qiziqish bildirmoqda. Mutaxassis polyak bilan hattoki gaplashishga ham ulgurgan.

"Marsel" forvard uchun 10 million evro taklif qilishga tayyor. Italiya klubining keyingi hafta javob berishi kutilmoqda.

Oldinroq futbolchiga "Atletiko", "Inter", "Milan" va "Yuventus" klublari davogarlik qilayotgani aytilgan edi.

Milik joriy mavsum Italiya chempionati doirasida hali maydonga tushmadi.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it