"Marsel" Korrea bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
26 avg 2023
"Inter" hujumchisi Xoakin Korrea "Marsel"ga o'tdi.

Fransiya klubi rasmiy saytida 29 yoshli argentinalik futbolchini keyingi yozgacha ijaraga olgani va futbolchining huquqlarini sotib olish imkoniyati mavjudligini ma'lum qildi.

Avvalroq, tomonlar ushbu transfer borasida kelishib olishgani haqida xabar bergandik.

Korrea "Marsel"ning ushbu yozdagi ettinchi yangi futbolchisi. Jamoaga avvalgi qo'shilganlar orasida Joffre Kondogbia, Renan Lodi, Per-Emerik Obameyang, Ismaila Sarr, Ruben Blanko va Iliman Ndiaye bor.

Argentinalik futbolchi 2022/23 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta to'p kiritgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: inter.it