"Marsel" Aleksis Sanches bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda

Alisher
17 iyun 2022
Chililik hujumchi Aleksis Sanches faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

33 yoshli futbolchining "Inter" bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan, ammo Milan klubi ushbu yozda o'yinchi bilan xayrlashmoqchi.

Sanchesning xizmatlariga hozirda "Marsel"da ishlayotgan Chili terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli qiziqish bildirmoqda.

Sampaoli Aleksisni o'z jamoasiga qo'shib olishni xohlaydi. Eng katta muammo hujumchining yillik 6,5 mln evro atrofidagi maoshidir.

Sanches Turkiya va Yaponiya klublaridan bo'lgan takliflarni rad etishga ulgurdi.


AlisherMuallif
Manba: TNT Sports