Marotta: "Vidal tizzasidagi jarohat tufayli "Manchester Yunayted"ga o'tmadi"
Aslanov Jasurbek
7 noya 2014, 18:29
"Yuventus" bosh direktori Beppe Marotta nega jamoa yarim himoyachisi Arturo Vidal yozda "Manchester Yunayted"ga o'tmagani haqida gapirib berdi.
"Unga tizzasidagi jarohat halaqit berdi va hozir ham jismoniy holatini tiklay olmayapti. Biz uni jamoada saqlab qolmoqchimiz. Vidal bilan bekorga shartnomani uzaytirganimiz yo'q" - deydi Marotta.