Marokash 36 yildan so'ng Jahon chempionati pley-off bosqichida o'ynaydi

Administrator
1 dek 2022, 22:56
Marokash terma jamoasi ajoyib natija qaydi etdi.

Qatarda o'tkazilayotgan Jahon chempionati "F" guruhida birinchi o'rinni Marokash termasi egalladi. Guruhda mag'lubiyatga uchramasdan, pley-off yo'llanmasiga ega chiqqan Marokash termasi o'z tarixida ikkinchi marta nimchorak finalda o'ynaydi. Marokash bundan 36 yil oldin, yani 1986 yilgi mundialda guruhdan chiqish vazifasini uddalagandi. 

Endi Marokash terma jamoasi "E" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoa bilan kuch sinashadi. Bu Ispaniya, Yaponiya, Germaniya yoki Kosta-Rika terma jamoalari bo'lishi mumkin. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Opta Sports