Markos Alonso "Real"ga qaytishi mumkin

Omonjon To`xtamirzayev
16 avg 2018
“Chelsi” himoyachisi Madridning "Real" klubi safiga borib qo'shilishi mumkin.

Ispan grandi o'z tarbiyalanuvchisini ortga qaytarish imkoniyatlarini o'rganib chiqmoqda, deb xabar beradi The Guardian.

Bunga "qirollik klubi"ning UEFA Superkubogi uchun bahsda "Atletiko"ga qarshi o'yinda himoyachilarning qo'pol xatolari va jamoaning o'yini sabab bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, Alonso "Real"ning asosiy tarkibi safida bor yo'g'i 1 marta 2010 yilda maydonga tushgan. Oxirgi ikki mavsumni futbolchi Londonning "Chelsi" klubida o'tkazdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Guardian