Marko Verratti: "Barselona"ni Ibragimovichsiz ham yutishimiz kerak"

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2015, 00:22
PSJ futbolchisi Marko Verratti "Barselona"ga qarshi bo'ladigan dastlabki o'yin oldidan diskvalifikaciya sababli maydonga tusha olmaydigan Ibragimovich haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ibragimovich ajoyib futbolchi. Bosim qancha katta bo'lsa, u shuncha yaxshi o'ynaydi. U o'yinning borishini istalgan vaqt o'zgartirib yubora olishi mumkin. Ammo, bizda ajoyib jamoa bor. Biz usiz ham g'alaba qozona olishimiz kerak. O'yin qiziq bo'ladi", - deydi Veratti.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net