Marko Veratti: “Barselona”? Hamma narsa bo'lishi mumkin

17 fev 2018, 09:52
“Real”dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng PSJ yarim himoyachisi Marko Verattining transferi borasida gap-so'zlar urchidi.

Bu gaplarga uning o'zi munosabat bildirdi.

“Barselona”? Bunday transfer amalga oshmaydi, deb ayta olmayman. Ammo hozir Parijda baxtliman. Men o'zim ishonadigan katta loyihaning bir bo'lagiman. Bu yerda ko'proq qolishga harakat qilaman, ammo, balki PSJ meni boshqa klubga sotish ham mumkindir, - deb Verattining so'zlarini keltirmoqda Premium Sport nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Premium Sport