Marko Stanoevich: "Katta hajmdagi ishni bajardik va g'alaba qozondik"

Administrator
13 okt 2022
O'zbekiston Coca Cola Kubogi yarim finali doirasidagi "Nasaf" – AGMK (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Marko Stanoevich o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

- Albatta, bu yarim final o'yini edi. Bu bosqichda oson o'yinlar bo'lmasligini barchamiz bilamiz. Ayniqsa siz AGMK kabi kuchli jamoaga qarshi o'ynayotgan bo'lsangiz. Ammo biz katta hajmdagi ishni bajardik va oxirida g'alaba qozondik. Bundan xursandmiz va finalni kutib qolamiz.

- Keyingi mavsum ham "Nasaf"da qolasizmi? 

- Bu rahbariyatga bog'liq. Uch yildan beri shu erdaman. Jamoaga kerak bo'lsam albatta qolaman.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia