

Final yo'llanmasi uchun jangda samarqandliklar "Paxtakor"ga penaltilar seriyasida (2:4) engildi. Uchrashuvdan so'ng "Dinamo" yarim himoyachisi Marko Stanoevich fikrlari bilan bo'lishdi.
"O'yin tomonlama yutqazmadik, lekin penaltilar seriyasi bu - lotoreya. Ikki jamoa ham extiyotkor o'ynadi deya olmayman, sifatli futbol ko'rdik. Omadimiz kelmadi deya olaman. Oldinga qarab intilish kerak, boshqa nima ham qila olardik. Men gol ura olmadim shunday ekan o'zimdan va natijadan mamnun emasman",- deydi Marko Stanoevich.



