Mark Shvarcer: "Chelsi"da birinchi raqamli darvozabon Chex ekanini yaxshi tushunib turibman"

10 iyul 2013, 09:53
"Chelsi"ga endigina qo'shilgan 40 yoshli darvozabon ushbu transfer haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Ha, "Chelsi"da birinchi raqamli darvozabon - Peter Chex. Buni judayam yaxshi tushunib turibman. U ajoyib darvozabon".

"Men Chex bilan birga ishlab, bir-birimizdan ko'p narsa o'rganish imkoniyati paydo bo'lganidan juda xursandman. Men Peterga, u esa manga yordam berishi mumkin".

"Mavsum juda uzoq va unda o'yinlar juda ko'p. Umid qilamanki, agar yaxshi ishlasam, o'yinlarda o'zimni ko'rsatish imkoniga ega bo'laman",- deydi Shvarcer.

"Eslatib o'tamiz, darvozabon "Chelsi" bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi.

Manba: sports.ru