Mark Roka "Betis" safiga borib qo'shiladigan bo'ldi

Omonjon To`xtamirzayev
17 iyul 2023
"Lids" yarim himoyachisi Mark Roka "Betis" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Futbolchi ayni vaqtda Sevilyada. Xabar berilishicha, Roka "Betis"ga sotib olish huquqi bilan ijaraga o'tadi.

O'tgan mavsum 26 yoshli futbolchi 36 o'yinda maydonga tushib, "gol+pas" tizimida 3 ballga ega bo'ldi (1 ta gol va 2 ta assist). Shuningdek, o'yinchi 7 ta sariq kartochka ishlab olgan.

Eslatib o'tamiz, 2022/2023-yilgi mavsum yakuniga ko'ra "Lids" APLdan tushib ketdi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо