Mario Gomes: “Riberi - “Bavariya”ning o'zgartirib bo'lmas yagona o'yinchisi”

Tolibjon Qosimov
19 sen 2013, 20:40
Avval “Bavariya” klubi sharafini himoya qilgan “Fiorentina” hujumchisi Mario Gomes, myunxenliklar o'yinchilarining klubdagi o'rni xususida fikr bildirib o'tdi.

“Bavariya” alohida o'yinchilarga bog'lanib qolmaydi, agar maydonda o'yinni vaziyatini o'zgartira oladigan Riberi bo'lmasa albatta.

Klub boshqa barcha o'yinchilarini so'zsiz o'zgartirishi mumkin.

“Bavariya”ning futbolchilarni taqsimlash tizimi o'zgacha. Agar futbolchi yaxshi o'yin namoyish etsa ham, u har hafta maydonga tushavermaydi.

Men o'zimga o'zim, shunday o'yin vaqtiga ko'nika olamanmi deb savol berdim va menga ko'proq o'yin vaqti kerakligini anglab etdim”, - deya ta'kidladi Gomes.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru