Mario Gomes: "Real" menga qiziqqandi, biroq asosiy tarkibda o'ynamoqchiman"

Tolibjon Qosimov
5 sen 2013, 16:03
"Fiorentina" hujumchisi Mario Gomes "Real"dan bo'lgan qiziqish haqida gapirib berdi.

"Anchelotti haqiqatdan ham menga qiziqqandi. Ikkilanib qolgandim, chunki butun oilam "Real"ga muxlislik qilishadi".

"Anchelottiga menga nisbatan bildirilgan e'tibor uchun minnatdorchilik bildirdim va agentimga "Fiorentina"da o'ynamoqchiligimni aytdim".

"Maksimum darajada o'ynashni istayman, o'yinning yarmida ishtirok etishni emas".

"Barqaror ravishda asosiy tarkib futbolchisi bo'lishni istayman", deydi Gomes.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru