Mario Gomes "Galatasaroy" safida paydo bo'lishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
12 iyul 2014, 21:40
"Galatasaroy" bosh murabbiyi Chezare Prandelli jamoasining hujum chizig'ini kuchaytirish harakatida.
Ma'lumotlarga qaraganda, Prandelli "Fiorentina" futbolchisi Mario Gomesni yoki "Yuventus"dan Sebastyan Jovinkoni o'z jamoasida ko'rmoqchi.
Gomes o'tgan mavsum boshida "Bavariya"dan italyanlar safiga borib qo'shilgan edi. Lekin, tizzasidan olgan jarohati sababli u deyarli butun mavsumni o'tkazib yubordi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net