Mario Gomes Bundesligaga qaytishi mumkin

Narzulla Saydullayev
25 apr 2014, 15:20
"Fiorentina" hujumchisi Mario Gomes yozda Germaniyaga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda "Football Italia" nashri.
Unga "Volfsburg" va Dortmundning "Borussiya" klublari qiziqishmoqda. Bu mavsumda Gomes jarohatlar tufayli ko'p vaqt maydonga tusha olmadi.

"Fiorentina" esa Gomesni sotishga tayyor, ammo 15 million evrodan kamiga emas. O'tgan yil Italiya klubi "Bavariya"dan aynan shuncha pul evaziga Mario Gomesni sotib olgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net