Mario Gomes bir necha soatdan keyin "Fiorentina" a'zosiga aylanadi
15 iyul 2013, 17:00
Myunxenning “Bavariya” hamda Germaniya terma jamoasi hujumchisi Mario Gomes bir necha soatdan keyin “Florentina” futbolchisiga aylanadi.
Football Italia xabariga ko'ra, futbolchi peshinda “Binafshalar” bilan shaxsiy shartnomaga imzo chekish uchun Florenciyaga yetib keldi. Ushbu voqeaga bag'ishlab, Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da maxsus matbuot anjumani bo'lib o'tadi.