Mariano "Atletiko"da Kostaning o'rnini egallashi mumkin

23 noya 2020, 00:20
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta jamoadan ketmoqchi.

Todofichajes.com xabariga ko'ra, "matraschilar" forvadning o'rnini to'ldirish uchun nomzodlarni topib qo'ygan. "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone klub rahbariyatidan "Real" vakili Mariano Diasni sotib olishni so'rayapti.

"Qaymoqranglilar" yaxshi taklif bo'lsa, 27 yoshli futbolchini qo'yib yuborishga tayyor. Shuningdek, Londonning "Vest Xem" klubi ham Marianoga da'vogarlik qilyapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: Todofichajes.com