

"Kristian mashg'ulotlarni Milanda davom ettirmoqchi, u yerda oilasi istiqomat qiladi, biroq Italiya Eriksen o'ynashi mumkin bo'lmagan yagona davlatdir. Unga hatto sport zaliga borishga ham ruxsat berilmagan, lekin u o'zini juda yaxshi his qilmoqda, jismoniy mashg'ulotlarda ajoyib ko'rsatkichga ega. Allaqachon to'rtta klub Eriksen bilan bog'liq vaziyat haqida ma'lumot so'rashgan. Ular orasida Daniya klubi borligini tasdiqlay olaman", - deydi Shuts.
Eslatib o'tamiz, 17 dekabr kuni "Inter" Eriksen jamoani tark etishini e'lon qilgandi. Kristianga kardioverter-defibrillyator o'rnatilgan, bu esa unga Italiya chempionatida ishtirok etishni taqiqlaydi.



