Marezning o'zini tutishi uning kelajagiga ta’sir qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
8 fev 2018, 15:49
"Lester Siti" yarim himoyachisi Riyad Marez o'z jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazmayotgani "Manchester Siti"ga yoqmayapti va "shaharliklar" yozda ushbu transfyerdan voz kechishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani "tulkilar" yarim himoyachisining o'zini tutishi hayron qoldirmoqda va mutaxassis boshqa futbolchilarga e'tibor qaratishi mumkin. Qishki transfer oynasi yopilganidan beri Marez "Lester" mashg'ulotlarida ishtirok etmayapti va klubning murojaatlariga javob berayotgani yo'q.

"Lester" yanvardagi transfer oynasining so'nggi kunida Marezni "Manchester Siti"ga sotmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror