Marez: "Arsenal" meni xarid qilmoqchi edi, ammo "Lester" katta pul talab qildi"

Aslanov Jasurbek
10 okt 2016, 13:26
"Lester Siti" yarim himoyachisi Riyad Marez yozda "Arsenal"ga o'tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni tasdiqladi.

"Arsenal" bilan muzokaralar bo'lgan. Ammo "Lester" meni qo'yib yuborishni istamadi va men uchun katta mablag' talab qildi. Taklifni olganimda mojaro bo'lishini istamadim. Aslida faoliyatimni "Lester"da davom ettirish - yaxshi qaror. Endi yana o'zimni ko'rsatishim kerak" - deydi Marez.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal+