

Afrika futbol Konfederatsiyasi tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada Marez 361 ball to'pladi. Ikkinchi o'rinda Dortmundning Borussiya va Gabon terma jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang (313 ball) qayd etildi.
Kuchli uchlikni Liverpul va Senegal terma jamoasi a'zosi Sado Mane (186 ball) yakunlab berdi.
Oldinroq Marez BBC talqiniga ko'ra ham 2016 yil Afrikaning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi.




