

"Ko'klar" Jeydon Sanchoni "Manchestyer Yunayted"dan sotib olishdan voz kechib, u bilan xayrlashdi. Anglyalik futbolchining o'rniga boshqa birov bilan bitim imzolanishi kutilmoqda.
"Yangi vingyer? Albatta, yangilik sodir bo'ladi. Jeydon ketdi, endi bizda faqat 3 nafar to'laqonli vingyer qoldi", – dedi Mareska.
"Chelsi" bugun tunda Klublar o'rtasidagi JCH guruh bosqichi 1-turida "Los-Anjeles"ga qarshi o'yin o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
Premyer-liganing o'tgan mavsumida Enco Mareska jamoasi to'rtinchi o'rinni egallagan edi.



