Marchello Lippi: "Yuventus" yaqinlashib kelayotgan chempionatda g'olib bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
15 iyul 2013, 10:35
Turinning “Yuventus” klubi sobiq bosh murabbiyi Marchello Lippi, “Yuve” bo'lg'usi chempionatda ham Italiya chempioni bo'lishi kerakligini bayon qilgan.
65 yoshli Lippi, futbolchilik paytida unga murabbiylik qilgan “Keksa Senora”ni boshqarayotgan Antonio Konte haqida alohida to'xtalib o'tdi.

"Yuventus" bo'lg'usi chempionatda g'olib bo'ladi. Konte esa futbolchilik paytida ham jamoa kapitani bo'lib haqiqiy yetakchi bo'lgan, hozir ham shundayligicha qolmoqda. Men uning yaxshi murabbiy bo'lishini doim bilardim”, - dedi Lippi.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net