Marca: Simeone eng yaxshi murabbiy, Oblak eng yaxshi darvozabon

Narzulla Saydullayev
8 noya 2016, 08:23
Ispaniyaning Marca nashri 2015/16 yilgi mavsum o'z talqiniga ko'ra eng yaxshilarga sovrinlarni topshirdi.

Pichichi sovrini (eng yaxshi to'purar): Luis Suares (Barselona);

Luis Aragones sovrini (Ispaniya terma jamoasining eng yaxshi futbolchisi): Alvaro Morata (Real);

Puerta-Xarke sovrini (feyr-pley): La Liga prezidenti Xaver Tebas – futboldagi zo'ravonlikka qarshi chiqqani uchun;

Samora sovrini (eng yaxshi darrvozabon): Yan Oblak (Atletiko);

Migel Munos sovrini (eng yaxshi murabbiy): Diego Simeone (Atletiko);

Gurucheta sovrini (eng yaxshi hakam): Karlos Velasko Karbalo;

Sarra sovrini (eng yaxshi ispaniyalik to'purar): Aric Aduris (Atletik).

Alfredo Di Stefano sovrini (eng yaxshi futbolchi): Krishtianu Ronaldu (Real).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com