"Marca" "Real" boshqaruvi uchun asosiy nomzod nomini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
16 may 2021, 15:50
"Real" rahbariyati bosh murabbiyni almashtirishni o'ylamoqda.

Qayd etilishicha, ayni damda jamoaning Raul boshqarishga asosiy nomzod bo'lib turibdi. Undan tashqari, Evro-2020dan keyin Germaniya termasidan ketadigan Yoaxim Lev ham short-listdan o'rin olgan. Oldinroq klub Massimilano Allegri bilan muzokaralarni boshlab yuborgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

Raul ayni damda "Kastilya"ni boshqarmoqda. U "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Sobiq forvard 1994-2010 yillar davomida "qirollik klubi" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca