Marca nashri direktor o'rinbosari: "Krishtianu baribir "Real"da qolmaydi"

Aslanov Jasurbek
5 iyul 2018, 17:13
Marca nashrining direktor o'rinbosari, sport jurnalisti Karlos Karpio "Real"dan ketishi kutilayotgan Krishtianu Ronalduning kelajagi borasida fikr bildirdi.

"Krishtianu baribir "Real"da qolmaydi. Uning Florentino Peres bilan munosabatlari buzilgan.

Klub va u hamkorlikni davom ettirsa, hammasi yomon yakunlanishi mumkinligini ikkala tomon tushunib turibdi.

"Real"da yangi davr boshlanmoqda" - deydi Karpio.

Krishtianu Ronalduga "Yuventus" qiziqish bildirmoqda. "Keksa sinora" futbolchiga mavsumiy maoshi 30 mln. evro bo'lgan 4 yillik bitim taklif qilish niyatida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca